
Ma'lumotlar tahlili va monitoring: Gidrologik ko'rsatkichlardan ta'lim metrikalarigacha
#axborot tizimlari monitoringi#gibrid modellar#ma'lumotlarni tahlil qilish#Nasridinov Rustamjon
Har qanday murakkab tizim, xoh u gidrologik tarmoq bo'lsin, xoh ta'lim jarayoni bo'lsin, katta hajmdagi ma'lumotlarni yig'ish, tahlil qilish va shu asosda qaror qabul qilishni talab etadi.
### Axborot tizimlari va monitoring
Ilmiy tadqiqotlarimda gidrologik ko'rsatkichlarni monitoring qilish jarayonida olingan tajribalar, xususan gibrid modellar asosida prognozlash, bugungi kunda ta'lim metrikalarini tahlil qilishda bevosita qo'llanilmoqda. Har bir talabaning platformadagi harakati โ testdagi javoblari, vaqt sarfi, qilingan xatolar โ bularning barisi ma'lumotlar to'plamidir.
### Ta'limdagi "Gibrid Modellar"
Gidrologiyada bo'lgani kabi, ta'limda ham faqat bir turdagi metrikaga tayanish noto'g'ri. O'quvchining bilimi haqida aniq xulosa chiqarish uchun, ham analitik test natijalarini, ham emotsional va ishtirok etish parametrlarini birlashtiruvchi gibrid usullar zarur. Zukkoo platformasi amaliyotida ham bunday tahliliy yondashuv o'quvchilarning faolligini obyektiv baholashga yordam bermoqda.
Tizimli yondashuv orqaligina ma'lumotlardan foydali "insights" olish mumkin, bu esa pedagogik strategiyalarni takomillashtirishning yagona ilmiy asoslangan yo'lidir.